"Real" yoki "Barsa"? Javohir Sindarov qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
28 APREL, 2026, 19:16
Grossmeyster Javohir Sindarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlislar bilan muloqot qildi.U muxlisining "Nima uchun "Barselona"ni yaxshi ko'rasiz?" degan savoliga javob qaytardi.
"2013 yildan beri Messining katta muxlisiman. 2014 yilgi Jahon chempionatidagi mag'lubiyatni va o'shanda qanday yig'laganimni eslayman, ammo oradan 8 yil o'tib u chempion bo'lganida, u uchun juda xursand bo'lganman. Messining "Barselona"dagi o'yinlarini eslayman va o'shandan beri men bu jamoaning katta muxlisiman", - deb yozdi Sindarov.

Manba: olamsport.com

