Koke: «Grizmann bilan EChL kubogini qo'lga kiritgan holda xayrlashish — ajoyib bo'lardi»
28 APREL, 2026, 18:30
Madridning «Atletiko» klubi sardori Koke mavsum yakunida jamoani tark etadigan Antuan Grizmann haqida to'xtalib o'tdi. Sardor frantsiyalik yulduzni yuqori notada kuzatib qo'yish ishtiyoqida ekanini bildirdi.
«Agar Antuan bilan Evropa Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritgan holda xayrlasha olsak, bu shunchaki aql bovar qilmas ish bo'lardi. Qanday bo'lmasin, motivatsiyamiz juda yuqori. Biz maksimal natijaga erishish niyatida o'ynayapmiz, eng yuqori cho'qqi esa — bu g'alaba», — deya Kokening so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, «Atletiko» tarixidagi eng yaxshi to'purar Antuan Grizmann shu yozda MLSning «Orlando Siti» klubiga ko'chib o'tadi. U Madrid klubi safida Evropa ligasi, Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogida zafar quchgan, biroq EChL kubogi uning kollektsiyasida hali mavjud emas. «Matraschilar» va «Arsenal» o'rtasidagi yarim final bahslari 29 aprel va 5 may kunlariga belgilangan
