logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning iqtidorli himoyachisi Germaniyaga yo'l olishi mumkin

 28 APREL, 2026, 18:30

Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi, markaziy himoyachi Viktor Valdepenyas faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Diario AS nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 19 yoshli ispaniyalik futbolchi Frankfurtning «Ayntraxt» klubi transfer nishoniga aylangan. Nemis klubi rahbariyati allaqachon amaliy harakatlarni boshlagan va muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.

Valdepenyas «qaymoqranglilar»ning asosiy jamoasida 2025 yilning dekabr oyida debyut qilgan edi. «Alaves»ga qarshi o'tkazilgan o'sha uchrashuv hozircha yosh himoyachi uchun asosiy tarkibdagi yagona o'yin bo'lib turibdi. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 5 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ