logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"MYu" Maynu bilan kelishib oldi

 28 APREL, 2026, 17:18

«Manchester Yunayted» klubi o'z tarbiyalanuvchisi va jamoaning asosiy yarim himoyachilaridan biri Kobbi Maynu bilan yangi kelishuv borasida to'liq kelishuvga erishdi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Yangi shartnoma 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shuningdek, 21 yoshli futbolchining jamoadagi muhim o'rnini inobatga olib, uning maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi. Manbaning ta'kidlashicha, Maynu yangi bitimga shu hafta ichida imzo chekishi mumkin. Rasmiy e'lon esa joriy mavsum yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.

Kobbi Maynu Maykl Kerrik boshqaruvidagi «qizil iblislar»ning markaziy chizig'ida barqaror o'yin namoyish etmoqda. Joriy mavsumda ingliz yarim himoyachisi APL doirasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ