logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Onana «Manchester Yunayted»ga qaytishni xohlamoqda

 28 APREL, 2026, 17:00

«Trabzonspor» darvozaboni Andre Onana «Manchester Yunayted»da yangi imkoniyatga ega bo'lishdan umidvor. Daily Mail Sport nashrining xabar berishicha, ijara muddati yakunlangach, Onana «Manchester Yunayted»ga qaytishni istamoqda.

30 yoshli kamerunlik posbon «qizil iblislar»ning asosiy tarkibidagi o'rin uchun Senne Lammens bilan kurashishga qat'iy qaror qilgan.

«Trabzonspor» Onanani o'tgan yilning sentyabr oyida ijaraga olgan edi. O'shandan beri darvozabon 29 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol o'tkazib yubordi va 6 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda «Manchester Yunayted» Onanani «Inter»dan 50 million evro evaziga sotib olgan edi. Darvozabonning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ