logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alvares: «Biz hamma narsa uchun kurashyapmiz»

 28 APREL, 2026, 16:54

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi dastlabki yarim final uchrashuvi oldidan matbuot xodimlari bilan suhbatlashdi. Bahs 29 aprel kuni bo'lib o'tadi.

«Arsenal» favoritmi? Bilmadim. Albatta, bu mavzu doimo muhokama qilinadi, lekin biz faqat o'z qo'limizdan keladigan ishga va nimalarga qodirligimizga e'tibor qaratganmiz», — deya Alvaresning so'zlarini keltiradi Marca.

«Biz hamma narsa uchun kurashyapmiz. To'g'ri, La Ligada biroz ortda qoldik, lekin o'tgan yili mart oyidayoq kurashdan chiqib ketgan edik. Hozir esa Kubok finaligacha etib kelganimizdan faxrlanamiz. Endi ushbu muvaffaqiyatsizlikdan (La Ligadagi holat nazarda tutilmoqda) so'ng o'zimizga kelishimiz kerak va finalga chiqish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — deb ta'kidladi futbolchi.

Uchrashuvning boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da yangraydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ