logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» yulduz himoyachiga qiziqish bildirmoqda

 28 APREL, 2026, 15:36

«Barselona» o'z tarkibini kuchaytirish bo'yicha rejalar tuzmoqda. The Touchline nashri jurnalist Jota Jordiga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar «Chelsi» a'zosi Mark Kukurelyaga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, «Barselona» uchun Kukurelya juda jiddiy variant hisoblanadi. Avvalroq matbuotda «ko'k-anorranglilar» mudofaaning chap qanoti uchun yangi futbolchi sotib olmoqchi ekanligi haqida yozilgan edi.

Shuni ta'kidlash joizki, Mark Kukurelya «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoaning asosiy tarkibida bitta o'yin o'tkazgan. Nufuzli Transfermarkt portali Kukurelyani 50 million evroga baholamoqda. U dunyodagi eng qimmat chap qanot himoyachilari reytingida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ