logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» yulduzi Kubok finalini o'tkazib yuborishi mumkin

 28 APREL, 2026, 14:18

Milanning «Inter» klubi etakchisi Hoqon Chalxano'g'li jarohat olib, safdan chiqdi. Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, turkiyalik yarim himoyachining chap oyoq boldir mushagi cho'zilgani ma'lum bo'ldi.

Ushbu jarohat «neradzurri» uchun o'ta noqulay vaqtda yuz berdi. Ma'lum qilinishicha, 13 may kuni bo'lib o'tadigan Italiya Kubogi final uchrashuvida Chalxano'g'lining ishtirok etishi katta so'roq ostida qolmoqda. Tibbiy shtab futbolchini hal qiluvchi bahsgacha oyoqqa turg'izish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda, biroq tiklanish jarayoni kutilganidan uzoqroq davom etishi mumkin.

Finalda «Inter»ga «Latsio» raqiblik qiladi. Bahs «Olimpiko» stadionida o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ