«Inter» o'z tarbiyalanuvchisini 23 million evroga qaytarmoqda
28 APREL, 2026, 13:00
Italiyaning «Inter» klubi Belgiyaning «Bryugge» jamoasida to'p surayotgan yarim himoyachi Aleksandr Stankovichni ortga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «neradzurrilar» ixtiyorida ikkita variant bor edi: futbolchini 2026 yilning yozida 23 million evroga yoki 2027 yilda 25 million evroga sotib olish. Klub rahbariyati yana bir yil kutmaslikka va joriy mavsum yakunidayoq o'z huquqidan foydalanishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Stankovich — «Spartak» va «Ferentsvarosh» klublari sobiq bosh murabbiyi Deyan Stankovichning o'g'li hisoblanadi.
U 2025 yilning iyulida 9,5 million evro evaziga «Bryugge»ga sotilgan edi. Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi Belgiya klubi safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ayni damda uning bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda, bu esa «Inter» uchun ushbu transfer iqtisodiy jihatdan ham juda foydali ekanini anglatadi.
