logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Aston Villa» Sanchoni saqlab qolmoqchi

 28 APREL, 2026, 12:54

Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq futbolchisi Jeydon Sanchoni ortga qaytarish bo'yicha muzokaralarda sezilarli ilgariladi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, tomonlar kelishuvga erishishga juda yaqin turishibdi, chunki shu yozda 26 yoshli vinger erkin agentga aylanadi. Biroq Sancho ayni damda ijara asosida to'p surayotgan «Aston Villa» klubi ham uni o'z safida saqlab qolishdan umidini uzmagan. Birmingemliklar futbolchini keyingi mavsum uchun ham jamoada qoldirishga harakat qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Aston Villa» Sanchoni o'tgan yilning sentyabr oyida ijaraga olgan edi. O'shandan beri u barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 20 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ