logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Mareska «Manchester Siti» rahbariyati oldiga shart qo'ydi

 28 APREL, 2026, 12:36

«Manchester Siti»ning bo'lajak bosh murabbiyi sifatida ko'rilayotgan Entso Mareska yozgi transfer oynasi oldidan klub rahbariyatiga o'z talabini ma'lum qildi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Mavsum yakunida Xosep Gvardiolaning o'rnini egallashi kutilayotgan Mareska «Siti»da «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesni ko'rishni istamoqda. Mutaxassisning fikricha, argentinalik futbolchi «shaharliklar»ning yozdagi bosh transfer maqsadiga aylanishi lozim.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli Entso Fernandes joriy mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 90 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ