logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» muxlislari: Yana bir yil qol!

 28 APREL, 2026, 12:24

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro APLning 34-turidan o'rin olgan «Brentford»ga qarshi bahsda o'ziga xos tarzda golini nishonladi. 34 yoshli futbolchi uchrashuvning 11-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Golni nishonlash vaqtida braziliyalik futbolchi jamoa emblemasiga ishora qilib, uni bir necha bor o'pdi. Bu holat «Old Trafford»ga yig'ilgan minglab muxlislarni to'lqinlantirib yubordi va ular baravariga «Yana bir yil!» deya hayqira boshlashdi. Shu tariqa ishqibozlar mavsum yakunida klubni tark etishini e'lon qilgan Kazemironi qolishga undashdi.

Avvalroq tajribali futbolchi yozda «Manchester Yunayted»dan ketishini rasman tasdiqlagan edi. Jamoadoshlari va muxlislarning ketma-ket iltimoslariga qaramay, Kazemiro hozircha o'z qarorida qat'iy ekanini bildirib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ