logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» himoyachisi maoshi kamayishiga rozi bo'lmadi. U yozda tekinga ketishi mumkin

 28 APREL, 2026, 11:42

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa himoyachisi Andreas Kristensenning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va uning klubda qolishini istaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, germaniyalik mutaxassis daniyalik himoyachining o'yinidan mamnun, biroq gap futbolchini har qanday holatda ham olib qolish haqida ketmayapti. Avvalroq Kristensen «Barselona»ning maoshi pasaytirilgan holda shartnomani bir yilga uzaytirish haqidagi taklifini rad etgan edi.

Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, 30 yoshli futbolchi shu yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi. Hozirda unga Angliya, Germaniya va Italiya klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Joriy mavsumda Kristensen barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ