logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Brentford» ustozi «Manchester Yunayted» bilan o'yindagi asosiy xatoni aytdi

 28 APREL, 2026, 10:36

Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda «Brentford» safarda «Manchester Yunayted»ga imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag'lubiyat mehmonlar bosh murabbiyi Kit Endryusni qattiq xafa qildi.

Mutaxassisning fikricha, uning shogirdlari ijobiy natija uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilishgan.

«Juda qattiq xafaman. Umuman olganda, o'yinimiz yomon chiqmadi, bahsning katta qismida nazorat biz tomonda bo'ldi. Biroq raqib hujumlarni yakunlashda sovuqqonroq va shafqatsizroq harakat qildi, biz esa ularni ko'p vaziyatlarda kechirdik», — deya Endryusning so'zlarini keltiradi BBC Sport.

Hozirda «Brentford» Angliya chempionati turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ