logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Brentford»ning g'alabasiz seriyasi davom etmoqda. Jamoa ikki yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi

 28 APREL, 2026, 10:36

Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda «Brentford» «Manchester Yunayted»ga imkoniyatni boy berdi. Garchi klub hali ham evrokuboklar hududiga kirish uchun kurashni davom ettirayotgan bo'lsa-da, chempionat doirasida qatorasiga oltita o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

«Brentford» oxirgi marta qishning so'nggi kunida — 28 fevral sanasida «Byornli» ustidan g'alaba qozongan edi (4:3). Shundan so'ng jamoaning ishlari yurishmadi va bunday muvaffaqiyatsiz seriya klub tarixida oxirgi marta 2024 yilning boshida kuzatilgan edi.

Kit Endryus shogirdlari ushbu noxush an'anaga chek qo'yish uchun navbatdagi turni kutishlariga to'g'ri keladi. «Brentford» APLning keyingi turida, 2 may — shanba kuni Londonda «Vest Xem» mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ