logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yan Oblak: «Futbol bizdan qarzdor emas, Chempionlar ligasi kubogini o'zimiz borib olishimiz kerak»

 28 APREL, 2026, 10:30

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak jamoasining Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari va o'tmishdagi alamli mag'lubiyatlar haqida fikr bildirdi. Ma'lumki, «matraschilar» Diego Simeone boshqaruvida ikki bor musobaqa finaliga chiqib, ikkalasida ham imkoniyatni boy berishgan.

«Men futbolga kim kimdan qarzdor, bu adolatdanmi yoki yo'q — bunday prizma orqali qaramayman. Futbol bizdan qarzdor deb o'ylamayman. Shunchaki maydonga tushishimiz va kerakli natijani o'zimiz qo'lga kiritishimiz lozim. G'alaba o'z-o'zidan qo'limizga kelib qolmaydi», — deya sloveniyalik posbonning so'zlarini keltiradi Marca nashri.

Eslatib o'tamiz, «Atletiko» Madrid 2025/2026 yilgi mavsumda ham yarim finalga qadar etib keldi. Simeone shogirdlari ertaga, 29 aprel kuni Madridda Londonning «Arsenal» klubiga qarshi dastlabki bahsda maydonga tushishadi. Javob o'yini bir haftadan so'ng Londonda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ