logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vitinya: «Park de Prens»dagi muhit bizga «Bavariya»ni mag'lub etishda yordam beradi»

 28 APREL, 2026, 10:18

«Pari Sen-Jermen» klubi yarim himoyachisi Vitinya Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Bavariya» bilan o'yin oldidan «Park de Prens» stadionidagi o'ziga xos muhit haqida gapirdi. 48 mingga yaqin tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan ushbu arena bugun Evropaning ikki grand jamoasi o'rtasidagi ilk to'qnashuvga mezbonlik qiladi.

«Evropa Chempionlar ligasi oqshomlarida stadiondagi muhit mutlaqo boshqa darajaga ko'tariladi. Havoda qandaydir ta'riflab bo'lmas, ajoyib bir narsa aylanayotgandek tuyuladi. Bu nafaqat biz futbolchilarga, balki muxlislarga ham kuchli ta'sir qiladi», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Portugaliyalik futbolchining ta'kidlashicha, bunday muhit jamoaga ijobiy natijalarga erishishda katta ko'mak beradi. U myunxenliklarga qarshi bahsda ham muxlislarning qo'llab-quvvatlashi hal qiluvchi ahamiyat kasb etishiga umid bildirdi. Eslatib o'tamiz, «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ