logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karatechilarimiz “Uzbekistan Open” turnirida 128 ta medal jamg'arishdi

 28 APREL, 2026, 10:16

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da karatening WKF yo'nalishi bo'yicha “Uzbekistan Open” xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mukofot jamg'armasi 10 400 AQSH dollarini tashkil etgan turnirda O'zbekiston, Qirg'iz Respublikasi, Qozog'iston, Rossiya va Tojikistondan 450 nafar sportchi qatnashdi. 

Turli yosh toifalarida kechgan  bellashuvlarda atletlarimiz 34 ta oltin, 40 ta kumush va 54 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. 

Musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabi uchun joriy yil o'tkaziladigan Aichi-Nagoya-2026 Yozgi Osiyo o'yinlari oldidan asosiy va zaxira sportchilarini shakllantirib olish imkoniyatini taqdim etdi.








Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ