logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lyuk Shou jarohatlandi

 28 APREL, 2026, 10:00

Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan «Manchester Yunayted» va «Brentford» jamoalari o'rtasidagi bahsda mezbonlar himoyachisi Lyuk Shou jarohat oldi.

«Old Trafford»da kechgan uchrashuvning ikkinchi bo'limida angliyalik himoyachi oyog'ida og'riq sezib, tibbiy yordam so'radi. Natijada Shou bahsni davom ettira olmadi va oqsoqlangan holda maydonni tark etdi. O'yinning 73-daqiqasida uning o'rniga yosh himoyachi Leni Yoro tushirildi.

Mazkur o'zgarish amalga oshirilgan vaqtda «qizil iblislar» 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Eslatib o'tamiz, uchrashuvning birinchi bo'limida Kazemiro va Benyamin Sheshko tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarning ustunligini ta'minladi. Hozircha Shouning jarohati qay darajada jiddiy ekani ma'lum qilinmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ