Brunu Fernandesh Ronalduga etib oldi
28 APREL, 2026, 10:00
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLning 34-turida "Brentford"ga qarshi o'yinda (2:1) golli uzatma amalga oshirdi.31 yoshli yarim himoyachining hisobida bu mavsum Angliya chempionatida 19 ta golli golli uzatma bo'ldi.
Opta malumotlariga ko'ra, Fernandesh "Manchester Yunayted" safida APLda faoliyati davomida jami 140 ta (70 gol + 70 golli uzatma) samarali harakatni amalga oshirdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha portugaliyalik o'z yurtdoshi Krishtianu Ronalduni (103+37) natijasini takrorladi.

Manba: olamsport.com
