logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

U-17 Osiyo kubogi chorak finaldan boshlab translyatsiya qilinadi

 28 APREL, 2026, 09:48

Joriy yilning 5 may kuni Saudiya Arabistonida start oladigan 17 yoshli futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati TV-translyatsiyasi qisqartirilgan formatda amalga oshiriladi. Bu haqda Alisher Nikimbaev xabar tarqatdi.

"O'quvchilardan biri U-17 Osiyo kubogi o'yinlari OFK tomonidan translyatsiya qilinmasligi haqidagi xabar rostmi, deb so'ramoqda.

Ha, bu ma'lumot to'g'ri, ammo to'liq emas. Teletranslyatsiyalar rejalashtirilgan, lekin faqat chorak final bosqichidan boshlab. Guruh bosqichi o'yinlarini esa (va'da qilinganidek) OFKning YouTube kanali orqali tomosha qilish mumkin bo'ladi.

Yana bir jihat shundaki, translyatsiyalar ancha soddalashtirilgan formatda — faqat bitta kamera orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aytish kerakki, xuddi shunday talabni FIFA ham 2025 yildan boshlab U-17 Jahon chempionati translyatsiyalari uchun qo'ygan edi. Biroq o'tgan yil Qatarda bo'lib o'tgan turnir tashkiliy qo'mitasi kamida 9 ta kamera bilan translyatsiya tashkil qilishga qaror qilgan. Eng ko'pi bilan esa 16 ta kamera ishlatilgan. Xarajatlar o'rtasidagi farqni tashkiliy qo'mita o'z hisobidan qoplagan.

Ko'rinishidan, Saudiya Arabistonida OFK uchun bitta kamera etarli deb hisoblangan va shu formatda qoldirilgan", — deyiladi "Futbolium" telegram-kanali tarqatgan xabarda.

Ma'lumot o'rnida. O'zbekiston U17 terma jamoasi musobaqaning "D" guruhida ishtirok etadi. KXDR kuni kecha turnirda ishtirok etmasligini ma'lum qilgach, bizning guruhda faqat 3 ta jamoa qoldi — O'zbekiston, Avstraliya va Hindiston. Jamoamiz guruhdagi ilk bahsini 10 may kuni Avstraliyaga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ