logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«MYu» o'z maqsadini amalga oshirish arafasida

 28 APREL, 2026, 09:42

Maykl Kerrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishi deyarli naqd bo'ldi. Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan «Brentford» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, «qizil iblislar»ning asosiy maqsadiga erishishi uchun juda oz qoldi.

Endilikda «Manchester Yunayted» qolgan to'rtta uchrashuvda atigi ikki ochko jamg'arsa, Evropaning eng nufuzli turniri yo'llanmasini rasman naqd qiladi. Oldinda jamoani «Liverpul», «Sanderlend», «Nottingem Forest» va «Brayton» klublariga qarshi bahslar kutmoqda.

Ma'lumot uchun, «Manchester Yunayted» oxirgi marta 2023 yilda Chempionlar ligasida to'p surgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ