logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lingard: «Brunu ushbu mavsumdagi o'yinlari bilan «Oltin to'p»ga 100 foiz da'vogar»

 27 APREL, 2026, 22:48

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingard jamoa sardori Brunu Fernandeshning joriy mavsumdagi o'yinini yuqori baholadi.

«U doim meni «Yunayted»da eng yaxshi holatimda ko'rishni istardi. U har doim yordam so'rab murojaat qilishim mumkin bo'lgan inson edi», — dedi hozirda «Korintians» sharafini himoya qilayotgan Lingard.

Shuningdek, Jessi Pol Pogbaning «Agar Brunu «Manchester Siti» kabi jamoada o'ynaganida, «Oltin to'p»ga da'vogarlik qila olardi», degan so'zlariga munosabat bildirdi. Uning fikricha, Fernandesh har qanday holatda ham da'vogarlar qatorida bo'lishi kerak.

«100 foiz qo'shilaman. Uning bu mavsumda «Manchester Yunayted»dagi ishtiroki ajoyib bo'ldi. U da'vogarlar ro'yxatida bo'lishi shart», — deya ta'kidladi Lingard.

Ma'lumot uchun, Brunu APLning 30 ta o'yinida 8 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ