logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xabi Alonso APL klubini boshqarishi mumkin

 27 APREL, 2026, 21:24

«Chelsi» yangi doimiy bosh murabbiy izlash ishlarini boshladi. Yaqinda «pensionerlar» Liam Rossenor bilan xayrlashishdi — u London klubida taxminan uch oy faoliyat yuritdi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, «Chelsi»ning munosib nomzod topish bo'yicha ishlari hali boshlang'ich bosqichda. Londonliklar ko'rib chiqayotgan mutaxassislar qatorida Andoni Iraola, Marku Silva va Xabi Alonso bor.

Iraola mavsum yakunlangach «Bornmut»ni tark etadi — bu haqda allaqachon e'lon qilingan. Silva «Fulxem»dan ketishi mumkin, chunki uning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Alonso esa yanvar oyi o'rtalarida «Real»dan iste'foga chiqarilganidan beri klubsiz yuribdi.

Hozirda «Chelsi» Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ