logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gattuzo: «Men Rossiyadagi ish takliflarini ko'rib chiqishga tayyorman»

 27 APREL, 2026, 19:54

«Milan»ning sobiq yulduzi Djennaro Gattuzo Rossiya klublarida murabbiylik qilishga tayyorligini bildirdi. Eslatib o'tamiz, yaqinda Gattuzo Italiya terma jamoasi JCh-2026 ga chiqa olmaganidan so'ng bosh murabbiylik lavozimini tark etgan edi.

«Men Rossiyadagi ish takliflarini ko'rib chiqaman. Buning uchun, avvalo, taklif bo'lishi kerak. Mening ishim — murabbiylik qilish. Shu sababli, agar arzigulik taklif tushsa, Rossiya klublaridan birida o'zimni sinab ko'rishga tayyorman», — deya Gattuzoning so'zlarini keltiradi Sport24.

Qayd etish joizki, Rossiya chempionati yakuniga yaqinlashmoqda. Oltin medallar uchun kurash «Krasnodar» va «Zenit» o'rtasida kechmoqda. Ayni damda krasnodarliklar Piter klubini bir ochkoga ortda qoldirishmoqda (60 ga qarshi 59 ochko). Chempionat tugashiga atigi 3 ta tur qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ