logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Borussiya D» «Real» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda. Klublar o'rtasida narx borasida kelishmovchilik bor

 27 APREL, 2026, 19:54

Madridning «Real» klubi 22 yoshli hujumchisi Gonsalo Garsiyani 60 million evro evaziga sotishga tayyorligini bildirishi bilan, futbolchiga da'vogarlar paydo bo'ldi. AS nashrining xabar berishicha, Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Dortmundliklar Garsiyani o'z safiga qo'shib olish istagida bo'lsa-da, hozircha ular transfer uchun faqat 30 million evro taklif qilishmoqda. Shu sababli tomonlar o'rtasidagi muzokaralar hozircha oldinga siljimayapti.

Ma'lumot uchun, Gonsalo Garsiya madridliklarning asosiy tarkibida o'tgan yili Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Kilian Mbappeni almashtirgan holda debyut qilgan edi. U o'sha turnirning eng yaxshi to'purariga aylangan. Joriy mavsumda esa hujumchi «qirollik klubi» safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ