logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Abduqodir Husanov yana «Manchester Siti»da oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod bo'ldi

 27 APREL, 2026, 19:36

Angliyaning «Manchester Siti» klubi matbuot xizmati yakuniga etayotgan oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogarlar nomini e'lon qildi. Quvonarlisi, nomzodlar qatoridan o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham joy oldi.

Klub rasmiy bayonotiga ko'ra, aprel oyining eng yaxshisi bo'lish uchun quyidagi uch nafar futbolchi kurash olib boradi:

Bernardu Silva

Abduqodir Husanov

Niko O’Rayli

«Uchala futbolchi ham Premer-liga va Angliya kubogi doirasidagi 5 ta o'yinda qo'lga kiritilgan g'alabalarga munosib hissa qo'shdi», — deyiladi klub xabarida.

O'zbekiston milliy terma jamoasining 22 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov yakuniga etayotgan oyni yuqori notada o'tkazdi. U jamoaning 4 ta g'alabali uchrashuvida maydonda to'liq harakat qilib, mudofaa chizig'ining ajralmas bo'lagiga aylanganini isbotladi. Ayniqsa, «Byornli»ga qarshi kechgan bahsda (1:0) ko'rsatgan ishonchli o'yini evaziga uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Eslatib o'tamiz, «shaharliklar» ayni damda Angliya Premer-ligasida chempionlik uchun kurashni davom ettirish bilan birga, Angliya kubogi finaliga ham yo'l olishgan. G'olib nomi klub rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi ovoz berish jarayonidan so'ng e'lon qilinadi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ