logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola himoyachisining o'yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

 27 APREL, 2026, 16:18

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Mateus Nunesning yangi pozitsiyadagi harakatlariga yuqori baho berdi. Gvardiolaning fikricha, Nunes o'ng qanot himoyasida dunyoning eng sara futbolchilari qatoriga qo'shilmoqda.

«Mateus Nunes dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biriga aylanib bormoqda. Uning himoyadagi o'yini, chiziqni nazorat qilishi va qanot bo'ylab oldinga chiqishlari — juda ko'p ijobiy jihatlarni ko'rsatyapti», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi ingliz matbuoti.

Ta'kidlash joizki, asli yarim himoyachi bo'lgan Nunes so'nggi o'yinlarda murabbiy tomonidan qanot himoyasiga o'tkazilgan va ushbu yangi rolda o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'lmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ