Kerrik jamoadagi himoya chizig'i borasida xavotirda emas
27 APREL, 2026, 16:18
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yozgi transfer oynasi oldidan jamoaning tarkibi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mutaxassis ayni damda markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish ustuvor vazifa emasligiga sha'ma qildi.
«Bu ayni damda men uchun xavotir uyg'otadigan pozitsiya emas», — dedi Kerrik jamoaning markaziy himoya chizig'i haqidagi savolga javob berar ekan.
