logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» televideniesi «Betis» bilan o'yindagi penalti vaziyatini 245 marta namoyish etdi

 27 APREL, 2026, 16:12

«Real Madrid» klub televideniesi «Betis»ga qarshi o'yindagi bahsli vaziyatni ko'p marotaba namoyish etdi.

Jamoalar La Liganing 32-turida durang (1:1) o'ynashdi. Uchrashuv bosh hakami Sesar Soto Grado edi. O'yinning 23-daqiqasida Braim Diasning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p jarima maydonchasi ichida himoyachi Rikardo Rodrigesning qo'liga tegdi. Referi bu erda qoida buzilishini ko'rmadi, VAR esa vaziyatga aralashmadi.


Mundo Deportivo nashrining yozishicha, madridliklar kanalidagi Hoy Jugamos ko'rsatuvida ushbu epizod 245 marta ko'rsatilgan. Boshlovchilar hakamlarning Rodrigesning harakati uchun penalti belgilamaganini keskin tanqid qilishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ