Bokschilarimiz Belarusdagi xalqaro turnirni 6 ta oltin bilan yakunlashdi
27 APREL, 2026, 15:16
22-27 aprel kunlari Belarusning Minsk shahri Belarus Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy V.V. Botvinnik xotirasiga bag'ishlangan xalqaro ochiq turnirga mezbonlik qildi.Unda ishtirok etgan 2010-2011 yilda tug'ilgan bokschilarimiz 6 ta oltin, 5 kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-46 kg. Abdulloh Ziyavitdinov
-52 kg. Islombek Furqatov
-54 kg. Og'abek Otamurodov
-46 kg. Rayhona Alimxanova
-50 kg. Nafisa Bosimova
-54 kg. Sabina Mirzaeva.

Kumush medal:
-48 kg. Mustafo Tursunboev
-50 kg. Ilyos Zarifboev
-57 kg. Hojiakbar Mirzamahmudov
-60 kg. Ulug'bek Soliev
-63 kg. Abdurahmon Murtazaev.
Bronza medal:
-75 kg. Amirxon Salohiddinov.
Murabbiylar: Mo'minjon Ahmedov, Aliyor Noraliev, Nodirjon Irgashev.
Hakam: Jahongir Soliev.
Manba: olamsport.com
