logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Andrey Lunin «Real» rahbariyatiga kelajagi bo'yicha xabar berdi

 27 APREL, 2026, 15:06

Madridning «Real» klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin «qirollik klubi» rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. PlanetaRealMadrid resursining xabar berishicha, suhbat davomida posbon Madrid jamoasini tark etish niyati yo'qligini bildirgan.

27 yoshli ukrainalik futbolchi Angliya Premer-ligasining bir qator klublari hamda Milanning «Inter» jamoasi tomonidan bo'layotgan faol qiziqishlarga qaramay, «qaymoqranglilar»ga sodiq ekanini tasdiqladi.

Lunin jamoada Tibo Kurtua asosiy darvozabon (birinchi raqam) hisoblansa-da, «Santyago Bernabeu»da qolishni va o'z imkoniyatini kutishni istamoqda. Andreyning «blankos» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan. Klub prezidenti Florentino Peres ham ukrainalik posbonning professionalizmi va jamoa muvaffaqiyatlariga qo'shayotgan hissasini yuqori baholaydi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Andrey Lunin «Real» safida barcha rasmiy turnirlarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 21 ta to'p o'tkazib yubordi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ