logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Santos» Neymarning mashg'ulotlarga kelmagani sababini ochiqladi

 27 APREL, 2026, 15:00

Braziliyaning «Santos» klubi 34 yoshli hujumchi Neymarning nima sababdan yakshanba kungi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborganiga oydinlik kiritdi.

Avvalroq, yulduzli futbolchi hech qanday sabab ko'rsatmasdan jamoa mashg'ulotlariga kelmagani haqida xabarlar tarqalgan va bu turli shubhalarga sabab bo'lgan edi. Klub matbuot xizmati vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

«Sportchimiz Neymar shanba oqshomida virusli infektsiya bilan kasallandi. U tegishli dori-darmonlarni qabul qildi va muolajalarga ijobiy javob berdi. Hozirda u «Santos» tibbiy bo'limi nazorati ostida bo'lib turibdi».

Shuningdek, klub Neymarning umumiy holati yaxshilanganini va u seshanba kuni Sudamerikana Kubogi doirasida Argentinaning «San-Lorenso» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan bahsga yo'l oladigan delegatsiya tarkibiga kiritilganini tasdiqladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ