logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Artetaga chempionlikni «sovg'a qilish» haqidagi chaqiriqlarga javob qaytardi

 27 APREL, 2026, 13:30

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasi va «Arsenal» muxlislarining ijtimoiy tarmoqlardagi chaqiriqlariga keskin munosabat bildirdi.

Londonlik muxlislarning «Mikel Artetaga chempionlikni bering» mazmunidagi fikrlariga javoban, ispaniyalik mutaxassis Premer-ligada sovrinlar hech qachon sovg'a qilinmasligini ta'kidladi.

«Unga g'alaba qozonish imkonini beraymi? Bu xayriya tashkiloti emas, bu — Premer-liga. Menga faoliyatim davomida hech kim hech narsani shunchaki berib qo'ymagan, hammasiga o'z mehnatim bilan erishganman. Agar Arteta chempionlikni xohlasa, u mening qaerda ekanimni va kurash maydoni qaerdaligini yaxshi biladi.

Go'yoki men g'alabalardan charchagandek, chetga chiqishimni so'ramanglar... Men g'alaba qozonishdan aslo charchamayman. «Arsenal»ni chempionlikka loyiq deyishmoqda. Nima uchun loyiq? Chiroyli tarzda ikkinchi o'rinni egallagani uchunmi? Sovrinlar rahm-shavqat bilan berilmaydi. Agar mening yana g'alaba qozonishimni istamasangiz, unda meni to'xtating. Hammasi juda oddiy», — dedi Gvardiola.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ