logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ibrohimxalil Yo'ldoshevning jarohati bo'yicha ma'lumot berildi

 27 APREL, 2026, 13:24

«Xorazm» – «Neftchi» uchrashuvida (0:2) farg'onaliklar himoyachisi Ibrohimxalil Yo'ldoshev jarohat olib, maydonni muddatidan avval tark etgan edi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, o'yindan so'ng futbolchi jamoa shifokorlari tomonidan to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko'ra, futbolchining oyoq to'piq qismidagi jarohati jiddiy emasligi aniqlandi.

Hozirda Ibrohimxalil tiklanish jarayonini boshlagan va klub tibbiy shtabi nazorati ostida muolajalarni davom ettirmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko'ra, futbolchi 7–10 kun ichida umumiy mashg'ulotlarga qaytishi va «Neftchi»ning navbatdagi uchrashuvlarida jamoasiga yordam berishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ