logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reynders «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

 27 APREL, 2026, 13:12

OAVda tarqalgan xabarlarga ko'ra, niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders yaqin orada «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin.

Futbolchi Angliya chempioni safiga o'tgan yozda «Milan» klubidan kelib qo'shilgan edi. Biroq qishki transfer oynasidan so'ng Reynders APL o'yinlarida asosiy tarkibda ko'rinish bermay qo'ydi. Murabbiylar shtabining qaroriga ko'ra, u so'nggi vaqtlarda asosan zaxiradan o'yinga qo'shilmoqda.

Tijani Reynders «Manchester Siti» libosida jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 7 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining «shaharliklar» bilan imzolagan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ