logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Albert Bundesligada maydonga tushgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

 27 APREL, 2026, 12:24

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Matis Albert Bundesligada maydonga tushgan eng yosh amerikalik futbolchi sifatida tarixga kirdi. AP nashrining xabar berishicha, u 26 aprel kuni 16 yosh, 11 oy va 5 kunligida jamoaning asosiy tarkibida debyut qildi.

Janubiy Karolina shtatining Grinvill shahridan bo'lgan Albert Germaniya chempionatining 31-turidan o'rin olgan «Borussiya» — «Frayburg» (4:0) uchrashuvining 88-daqiqasida maydonga tushdi.

Shu tariqa, yosh hujumchi Jo Reyna tomonidan 2020 yil 18 yanvarda o'rnatilgan rekordni (17 yosh, 2 oy, 5 kun) yangiladi. Ma'lumot uchun, Reynagacha bo'lgan rekord ham «Borussiya»ning boshqa bir amerikalik a'zosi Kristian Pulishichga tegishli edi (17 yosh, 4 oy, 12 kun).

Matis Albert 2024 yilda «Los-Anjeles Gelaksi» yoshlar dasturidan Dortmund klubi akademiyasiga kelib qo'shilgan. Shuningdek, u o'tgan yili AQSh o'smirlar terma jamoasi safida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ