logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jerrard Salohning kutilmagan jarohati va jamoadan ketishi haqida gapirdi

 27 APREL, 2026, 11:54

«Liverpul» klubi sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa hujumchisi Muhammad Salohning jarohati hamda uning mersisaydliklar safidagi kelajagi borasida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, misrlik futbolchi «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Tibbiy ko'riklarga ko'ra, 33 yoshli hujumchining tiklanishi uchun kamida to'rt hafta vaqt talab etiladi. Salohning joriy mavsum yakunida klubni tark etishini inobatga olsak, u «qizillar» libosida boshqa maydonga tushmasligi mumkin.

Jerrard TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida ushbu vaziyatdan afsusda ekanini yashirmadi.

«Bu Muhammadning so'nggi o'yini edimi? Agar chindan shunday bo'lsa, bu juda achinarli. Saloh — klub afsonasi. Barcha uning jamoadan o'ziga munosib tarzda kuzatilishini istagan bo'lardi», — deydi Stiven Jerrard.

Ma'lumot uchun, avvalroq Saloh 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Liverpul» bilan xayrlashishi haqida xabarlar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ