logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Oyarsabal gollar soni bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi

 27 APREL, 2026, 11:48

Ispaniya La Ligasining 32-turida «Real Sosedad» hamda «Rayo Valekano» jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

San-sebastyanliklar sardori Mikel Oyarsabal mazkur o'yinda dublga erishib, o'z faoliyatidagi yangi shaxsiy rekordni o'rnatdi. Endilikda uning hisobidagi mavsum davomida urilgan gollar soni 14 taga etdi. E'tiborli jihati, futbolchi ushbu natijaga 29 ta uchrashuvda erishdi. Ta'kidlash joizki, Oyarsabal mavsumning ayrim qismini jarohatlar va diskvalifikatsiyalar sababli o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi.

Ushbu durangdan so'ng «Real Sosedad» turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi turni safarda «Sevilya»ga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs 4 may, dushanba kuniga belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ