logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» qariyb uch yildan beri «Yuventus» darvozasiga yo'l topa olmayapti

 27 APREL, 2026, 11:30

Italiya A Seriyasining 34-turi doirasida kechgan «Milan» va Turinning «Yuventus» jamoalari o'rtasidagi markaziy uchrashuvda g'olib aniqlanmadi. Bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Ushbu natija milanliklar uchun noxush an'ananing davomi bo'ldi. «Milan» Italiya chempionati doirasida ketma-ket oltinchi o'yindan beri «Yuventus» darvozasini ishg'ol eta olmayapti. Jamoa so'nggi bor 2023 yilning 28 may kuni turinliklar bilan bahsda gol urishga muvaffaq bo'lgan va o'shanda g'alaba qozongan edi.

E'tiborli jihati shundaki, ushbu golsiz seriya davomidagi oltita o'yinning to'rttasi 0:0 hisobidagi durang bilan tugagan. Ya'ni, «Milan» raqib darvozasiga yo'l topa olmayotgan bo'lsa-da, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga ham erishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ