logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Superligada 10-tur bahslari start olmoqda: Bugun ikki uchrashuv bo'lib o'tadi

 27 APREL, 2026, 11:24

Bugun, 27 aprel kuni futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 10-tur uchrashuvlariga start beriladi. Turning ilk kun dasturidan ikkita qiziqarli bellashuv o'rin olgan.

Kunning markaziy o'yinida Olmaliqning OKMK hamda Toshkentning «Lokomotiv» jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Ushbu bahs soat 19:00 da boshlanadi.

Shuningdek, xuddi shu vaqtda parallel ravishda Muborakning «Mash'al» jamoasi o'z maydonida «Buxoro» klubini qabul qiladi. Voha derbisi maqomidagi ushbu bellashuv ham muxlislar uchun keskin kurashlarga boy bo'lishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, 10-tur bahslari uch kun davom etadi va 29 aprel kuni yakuniga etadi.



Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ