logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn «PSJ»ga qarshi o'yin oldidan «Bavariya»ning asosiy muammosini aytdi

 27 APREL, 2026, 11:24

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv shu seshanba kuni Parijda bo'lib o'tadi.

Keyn Bild nashriga bergan intervyusida raqibning qarshi hujumlari eng katta xavf ekanini alohida ta'kidladi.

«Agar biz kontrpressingni yo'lga qo'ya olmasak, raqibning tezkor hujumlarini nazorat qilishda xatoga yo'l qo'ysak va to'pni osonlik bilan oldirib qo'ysak, bu «PSJ»ning ishini engillashtiradi. Bunday vaziyatlarda raqib yanada xavfli tus oladi», — deydi ingliz hujumchisi.

Eslatib o'tamiz, Vensan Kompani shogirdlari o'tgan shanba kuni Bundesliga doirasida «Maynts»ga qarshi kechgan dramatik bahsda (4:3) g'alaba qozonishdi. Myunxenliklar tanaffusga qadar 0:3 hisobida mag'lub bo'layotib, irodali g'alabani qo'lga kiritishgan edi.

Ma'lumot uchun, «Bavariya» va «PSJ» qarama-qarshiligi g'olibi finalda «Arsenal» hamda «Atletiko Madrid» juftligi g'olibi bilan bahs olib boradi. Parijdagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ