logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted"ning ikki himoyachisi umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

 27 APREL, 2026, 10:30

Chap qanot himoyachisi Patrik Dorgu va markaziy himoyachi Leni Yoro jarohatlaridan qutilib, "Manchester Yunayted" ixtiyoriga qaytishdi. UtdDistrict nashrining xabar berishicha, 21 yoshli daniyalik va 20 yoshli frantsiyalik futbolchilar yakshanba kuni umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etishgan.

Shunga qaramay, har ikki o'yinchining Angliya Premer-ligasi doirasidagi navbatdagi — "Brentford"ga qarshi bahsda maydonga tushishi amrimahol. Uchrashuv bugun bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Patrik Dorgu tizza osti paylaridagi jarohat tufayli yanvar oyidan beri maydonga tushmayotgan edi. Leni Yoro esa yaqinda — joriy oyning o'rtalarida safdan chiqqandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ