logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» Arauxo transferi bo'yicha ish boshladi

 27 APREL, 2026, 10:24

Lissabonning «Sporting» klubi chap qanot himoyachisi Maksimiliano Arauxo «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasiga tushdi.

26 yoshli futbolchining shartnomasida 80 million evro miqdorida tovon puli belgilangan bo'lsa-da, Caught Offside nashrining xabar berishicha, Portugaliya klubi urugvaylik futbolchini 50 million evroga sotishga tayyor. «Qizil iblislar» o'yinchini kuzatishda davom etmoqdalar. Mankunianliklar Chempionlar Ligasiga qaytganidan so'ng transfer bozorida jiddiy xarajatlarni amalga oshirishi kutilmoqda.

Transfermarkt portali Arauxoning bozor qiymatini 25 million evroga baholagan. Joriy mavsumda lateral «Sporting» safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ