logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola mavsum yakunida rotatsiya qilishini aytdi

 27 APREL, 2026, 10:18

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumning hal qiluvchi bahslarida tarkib rotatsiyasi zarurligi haqida gapirdi. Avvalroq ispaniyalik mutaxassis muvaffaqiyatli natijalar tufayli asosiy tarkibga o'zgartirish kiritishni to'xtatganini tan olgan edi.

«Menga butun jamoa kerak, ularning har biri kerak. O'yinlar soni bu qadar ko'pligida tarkibni o'zgartirmaslikning iloji yo'q. Biz almashtirishlardan oqilona foydalanishimiz lozim va har bir futbolchi o'sishga erishishi shart. Men o'yinchilardan ko'prog'ini talab qilaman. Ulardan tobora ko'p va yana ko'proq natija kutyapman», — deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda City Report.

Shanba kuni «Manchester Siti» «Sautgempton»ni mag'lub etib (2:1), Angliya Kubogi finaliga yo'l oldi. «Shaharliklar»ning Premer-liga doirasidagi navbatdagi uchrashuvi 4 may kuni «Everton»ga qarshi bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ