logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Yamalning o'rinbosaridan yanada sermahsul o'yin kutmoqda

 27 APREL, 2026, 09:54

Vinger Runi Bardji "Barselona" hujum chizig'ida jarohat olib safdan chiqqan Lamin Yamalning o'rnini egallamoqda. 20 yoshli futbolchi "Xetafe"ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda (2:0) "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 60-daqiqada Markus Reshfordga almashtirildi.

Jurnalist Gabriel Sansning ma'lumotlariga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi o'z o'yini uchun murabbiylar shtabidan ijobiy baho olgan: Runi uzatmalar berishdagi sovuqqonligi (100% aniq paslar) va jarima maydoniga to'p uzatishlar soni (5 ta — jamoada eng yaxshi ko'rsatkich) bo'yicha maqtovga sazovor bo'ldi. Shu bilan birga, bosh murabbiy Xans-Diter Flik futbolchidan raqib darvozasi yaqinida yanada qat'iyatliroq harakat qilishni kutmoqda.

"Xetafe" darvozasiga gollarni Fermin Lopes va Markus Reshford kiritishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ