logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alessandro Matri Italiya terma jamoasi uchun ikkita ideal nomzodni aytdi

 27 APREL, 2026, 09:54

Italiyalik sobiq hujumchi Alessandro Matri Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida kimni ko'rishni istashini ma'lum qildi. Aprel oyi boshida jamoani jahon chempionatiga olib chiqa olmagan Djennaro Gattuzo «skuadra adzurra» boshqaruvidagi lavozimini tark etgan edi. Eslatib o'tamiz, mundial yo'llanmasi uchun kechgan pley-off finalida italiyaliklar penaltilar seriyasida Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berishgandi.

«Konte va Allegri — terma jamoa murabbiyligi uchun ideal nomzodlar. Ikkalasi ham muammolarni aniqlash va ularni hal qilishni biladi — ayni damda Italiyaga aynan shu narsa kerak», — deya jurnalist Nikolo Skira Matrining so'zlarini keltirmoqda.

Ayni paytda Antonio Konte «Napoli»da faoliyat yuritmoqda, Massimiliano Allegri esa «Milan» bilan shartnomaga ega.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ