logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ" bilan EChLni yutgan murabbiy "Real" radarida

 27 APREL, 2026, 09:30

Madridning "Real" klubida allaqachon yangi bosh murabbiy izlash ishlari boshlangan. Alvaro Arbeloa mavsum yakunlanganidan keyin o'z lavozimini tark etish ehtimoli juda yuqori.

MatchDay Central nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres ayni damda "PSJ"da muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Luis Enrikeni taklif qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda. "Qaymoqranglilar" rahbariyati 55 yoshli mutaxassis jamoadagi mavjud muammolarni hal qila oladi, deb hisoblamoqda.

Luis Enrikening amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, u futbolchilik davrida 1991 yildan 1996 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan, shundan so'ng "Barselona"ga o'tib ketgan edi. O'tgan mavsumda murabbiy "PSJ"ni o'z tarixidagi ilk EChL g'olibligi sari boshlab keldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ