logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maxachev UFC chempionlik kamari himoyasi jangiga tayyorgarlikni boshladi

 27 APREL, 2026, 09:00

Ikki vazn toifasida UFC chempioni bo'la olgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi "ov"ga qaytmoqda.

Islam Maxachev iyul yoki avgust oyida o'tkazadigan yarim o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini himoya qilishga tayyorgarlikni boshladi.

Bu haqda rossiyalik jangchi jamoasi vakili SHamil Zavurov "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida malum qildi.

"Islam allaqachon tayyorgarlik ko'ra boshlagan. Yaqinda jang bo'ladi, menimcha, iyul-avgust oylarida. Raqib hali aniqlanmagan - muzokaralar qizg'in davom etmoqda, ammo hozircha bizga elon qilinmayapti", - dedi Zavurov.

Bir kun avval Islam Maxachevning raqibi divizionda ikkinchi o'rinni egallab turgan irlandiyalik Yen Machado Gerri bo'lishi, sana sifatida esa ikkita variant - 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 va 15 avgust kuni Filadelbfiyada o'tkaziladigan UFC 330 turniri ko'rib chiqilayotgani haqida malumot berilgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ