logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xavi: «Yamal — haqiqiy iqtidor egasi»

 27 APREL, 2026, 06:00

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi va bosh murabbiyi Xavi Ernandes Kataloniya klubi hujumchisi Lamin Yamal haqida yuqori fikr bildirdi hamda futbolni tushunish jihatidan ajralib turadigan o'yinchilarni sanab o'tdi.

«Yamal — haqiqiy iqtidor egasi. U hozirning o'zidayoq zamonaviy jahon futbolidagi eng yaxshi yoki shulardan biri hisoblanadi. Endi hammasi uning kayfiyati, energiyasi va tarix yaratish istagiga bog'liq. Barchasi uning o'z qo'lida.

Pedri, Vitinya, Aleksis Mak Allister… Menimcha, uch yoki to'rt nafar futbolchi borki, ular jamoaviy o'yinni tushunish jihatidan eng yaxshilar qatoriga kiradi. Ular to'pni uzatish paytidayoq keyingi hujum haqida o'ylaydi. Ular hech qachon shunchaki pas bermaydi — bu ularning o'yinni anglash darajasi.

Masalan, bunday qobiliyat Pedrida bor. Yana men Frenki de Yongni ham aytgan bo'lardim, menimcha, uni juda kam baholashadi. O'yin uslubi jihatidan u menga o'xshaydi», — dedi Xavi Romarioning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ